Toshkentning ikki tumanida giyohvandlik moddasi saqlab kelganlar ushlandi
Toshkent shahrida 20 sentabrdan giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash oyligi davom ettirilmoqda.
Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, Uchtepa tumanida yashovchi Sh.N.ning xonadonida tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lgan 2 ta qop, 2 ta sellofan paket, 1 ta gugurt qutisi va 1 ta qog‘oz o‘ramida, shuningdek, yerto‘lada 12 ta 3 litrlik bankada, 6 ta o‘ramda yashil rangli, o‘tkir hidli o‘tsimon moddalar saqlab kelingani aniqlandi.
To‘plangan hujjatlar tergov bo‘limiga taqdim etilgan.
Shuningdek, Chilonzor tumanida joylashgan sport zalining mas’ul xizmatchisi, 1987 yilda tug‘ilgan Sh.ning yonidan 2 dona polietilen paketga solingan o‘tkir hidli, oq kukunsimon modda topilgan.
Mashg‘ulotlar zalining dam olish xonasi ko‘zdan kechirilganda 1 dona mumiyosimon modda solingan polietilen paket, elektron tarozi, o‘tkir tig‘li pichoq va ichki qismida jigarrang dog‘lari bo‘lgan yelim idish huquq-tartibot idoralari xodimlari e’tiboridan chetda qolmadi.
Mazkur holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar tuman IIO FMB Tergov bo‘limiga taqdim etilgan.
Holatlar yuzasidan tergov bo‘limlari tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
17:02
Toshkentda 4 mln dona pirotexnika buyumlari yo‘q qilindi
15:28
Svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan Malibu piyodani urib yuborishiga oz qoldi
21:43 / 21.11.2024
Toshkentda pod’yezdda qoldirilgan velosiped va kolyaskalar PPX tomonidan olib ketilmoqda
19:18 / 21.11.2024