Jamiyat | 14:20
702
1 daqiqa o‘qiladi

Koreya O‘zbekistonda innovatsion loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildiryapti

Avtomobil sanoati uchun ehtiyot qismlar va elektrotexnika ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Foto: RIA Novosti / Ramil Sitdikov

4 oktyabr kuni Tashqi ishlar vazirligida Koreya Respublikasi elchisi Von Do Yon ishtirokida "O‘zbekiston–Koreya sanoat-akademik innovatsiyalar haftaligi 2024" tadbirida qatnashish uchun O‘zbekistonga kelgan avtomobilsozlik va elektrotexnika sohasidagi bir qator Janubiy Koreya kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Janubiy Koreya vakillari ikki mamlakat kompaniyalari o‘rtasida innovatsiya va ta’lim sohalaridagi hamkorlik istiqbollari hamda fikr almashish uchun samarali platformaga aylangan tadbir muvaffaqiyatli o‘tkazilganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Investitsiya va savdo-iqtisodiy sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish va kengaytirish masalalari alohida muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida avtomobil sanoati uchun ehtiyot qismlar va elektrotexnika ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid