Jahon | 12:20
3357
3 daqiqa o‘qiladi

Rossiya bir sutka ichida Ukrainani 5000 marta o‘qqa tutdi

Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi 82 ​​ta havo hujumini amalga oshirgan, 130 ta boshqariladigan bombalarni uloqtirgan va 5130 marotaba o‘q uzgan, shundan 144 tasi yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlari yordamida amalga oshirilgan.

Foto: Odesa Regionalgouverneur Oleg Kiper/Telegram

6 oktyabr, yakshanbaga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga qarata 5130 marotaba o‘q uzdi, ulardan 144 tasi yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlaridan amalga oshirildi, deb xabar berdi Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi Telegramʼda. «Dushman Ukraina bo‘linmalari va aholi punktlari pozitsiyalariga 82 ta havo hujumi uyushtirdi, jumladan, 130 boshqariladigan havo bombalarini tashladi», — deyiladi xabarda.

O‘z navbatida, Ukraina Qurolli kuchlari Havo kuchlari o‘zining Telegram-kanalida Rossiya Ukrainaning 14 ta hududiga 87 ta Shahed hujumkor dronlari, «Iskandar-M» majmuasidan uchirilgan ikkita ballistik raketa, «Iskander-K» majmuasidan bitta qanotli raketa bitta X-59/69 boshqariladigan aviatsion raketa bilan hujum qilgani haqida xabar berdi. Uchirish zonalari Rossiyaning Orel, Kursk va Primorsko-Axtarsk mintaqalari bo‘ldi. Ukraina Qurolli kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, ukrainalik harbiylar ikkita raketa va 56 ta uchuvchisiz uchoqni urib tushirishga muvaffaq bo‘lgan, to‘rtta dron esa mamlakat havo hududida qolmoqda.

Odessa va Kiyevga hujum qilindi

Kecha tunda rus askarlari Odessa oblastiga hujumkor uchuvchisiz uchoqlar va ballistik raketalar bilan hujum qildi. Mahalliy OHM rahbari Oleg Kiperga ko‘ra: «Odessada sodir bo‘lgan hujum natijasida 100 kvadrat metr maydondagi omborxonada yong‘in sodir bo‘lgan. Halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar yo‘q. Vayronalar tushishi oqibatida yuk mashinasi va chiqindi yonib ketdi, bir kishi jarohat oldi». Bundan tashqari, fuqarolik yuk kemasi shikastlangan, deb yozdi Kiper o‘zining Telegram-kanalida qurbonlar yo‘qligiga aniqlik kiritib.

Kiyev shahar harbiy ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina poytaxtida havo hujumi haqida trevoga kechasi uch marta e’lon qilingan va jami 5 soatdan ortiq davom etgan. «Tunda dushman yana o‘z dronlarini Kiyevga qarshi ishlatdi», — deb yozadi KShHM rahbari Sergey Popko. Rasmiylar dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, uchuvchisiz uchoqlarning aksariyati havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan urib tushirilgan, qurbonlar yo‘q.

Donetsk oblastida, mahalliy pabliklarga ko‘ra, Kramatorsk yana Rossiya havo hujumi ostida qolgan. Internetda joylashtirilgan fotosuratlarda Novokramatorsk mashinasozlik zavodi hududida tutun paydo bo‘lganini ko‘rish mumkin. Mahalliy hokimiyat bu haqda xabar e’lon qilingan vaqtda izoh bermadi.

Mavzuga oid