O‘zbekiston | 16:40 / 07.10.2024
1506
1 daqiqa o‘qiladi

Vengriya O‘zbekistonda shaharsozlikda innovatsion yechimlarni taklif qilyapti

O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriyaning shahar infratuzilmasi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi Kuube Hungary Kft. innovatsion kompaniyasi  rahbari Gallay Mate bilan uchrashuv  o‘tkazdi.

Foto: "Dunyo" AA

Muloqot chog‘ida O‘zbekistonda shaharsozlikda innovatsion yondashuv asosida zamonaviy yechimlarini joriy etish va kompaniya mahsulotlarini mahalliylashtirish asosida iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilish hamda 17-18 oktyabr kunlari Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston–Vengriya biznes-forumida mazkur kompaniya vakillarining ishtiroki muhokama qilindi.

Gallay Mate O‘zbekistondagi ulkan salohiyatni qayd etish barobarida, respublikada kompaniya mahsulotlariga bo‘lgan talabni o‘rganishini va uning natijalari asosida ishlab chiqarishni joriy etishga tayyorligini bildirdi. U, shuningdek, Qo‘qonda tashkil etilayotgan tadbirlarga qatnashishini tasdiqladi.  

Uchrashuv yakunida kompaniya delegatsiyasining O‘zbekistonga  safarini ishlab chiqish va korxona mahsulotlariga bo‘lgan talabni o‘rganish bilan birga ishlab chiqarishni mahalliylashtirish istiqbollarini muhokama qilishga kelishib olindi. 

Mavzuga oid