Jahon | 10:30
4270
2 daqiqa o‘qiladi

«Hizbulloh» Isroilga 135 ta raketa uchirdi

Isroil ommaviy axborot vositalarining yozishicha, Isroil shimoliga berilgan zarba Yaqin Sharqda mojaro avj olgandan keyin bir yil ichida Livan tomonidan mamlakatni eng kuchli o‘qqa tutish bo‘ldi.

Foto: Baz Ratner/AP/picture alliance

Livanning «Hizbulloh» guruhi Isroil tomoniga 135 ga yaqin raketa uchirdi. 8 oktyabr, seshanba kuni o‘qqa tutishda Isroil shimolidagi, xususan, mamlakatning uchinchi yirik shahri bo‘lgan Hayfa nishonga olingan, deya xabar beradi Isroil mudofaa kuchlari (TsAHAL).

Raketalarning aksariyati tutib olindi, biroq bir nechta raketalar Hayfa va uning chekkasida, xususan, Kiryat Motskinda quladi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, bo‘laklar Hayfa chekkasidagi Kiryat Yamda turar joy binosiga ham tushgan.

Bir ayol yengil jarohat olgan

Natijada, bir ayol qo‘lidan yengil jarohat oldi, deya ma’lum qildi X'da Magen David Adom qutqaruv xizmati.

Times of Israel gazetasi, Isroilning N12 telekanali va boshqa ommaviy axborot vositalari ta’kidlaganidek, bu Yaqin Sharqda mojaro avj olgandan beri Isroilning Livandan eng kuchli o‘qqa tutilishidir.

Hayfani o‘qqa tutish 27 sentabr kuni Isroilning Bayrutga bergan zarbasi natijasida halok bo‘lgan «Hizbulloh» yetakchisi Hasan Nasrulloh o‘rinbosari Naim Qosimning nutqidan so‘ng darhol boshlandi.

«Hizbulloh» rahbariyatining yo‘q qilinishi

Sentyabr oyi o‘rtalarida Livanda «Hizbulloh» tezkor aloqa uchun foydalanadigan peyjyer va ratsiyalarda qator portlashlar sodir bo‘ldi. 27 sentabr kuni kechqurun Isroil armiyasi Bayrutning janubiy chekkasida joylashgan «Hizbulloh» shtab-kvartirasiga havo hujumi uyushtirdi, natijada harakat rahbari, «Hizbulloh»ga 30 yildan ortiq rahbarlik qilgan Hasan Nasrulloh halok bo‘ldi.

Nasrulloh bilan birga uning qizi Zaynab, harakatning bir qator yuqori martabali a’zolari, shuningdek, Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) general-mayori Abbos Nilforushan o‘ldirilgan.

Mavzuga oid