O‘zbekiston | 11:10 / 10.10.2024
2249
1 daqiqa o‘qiladi

AQShdagi o‘zbekistonliklar “Milton” sabab ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirildi

AQShdagi O‘zbekiston elchixonasi “Milton” to‘foni sabab o‘zbekistonliklarga murojaat bilan chiqib, ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi. 

Foto: AP

Ushbu to‘fon sabab AQShning Florida shtati 51 shahrida favqulodda holat e’lon qilindi. Shu munosabat bilan O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi vatandoshlardan ehtiyot choralarini ko‘rishni so‘radi

Shoshilinch yordam kerak bo‘lsa, elchixonaning quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin:

  • +1-202-251-8298;
  • +1-202-300-9526.

Shuningdek, to‘fon natijasida jabrlanganlar aniqlangan taqdirda, AQShning Favqulodda vaziyatlarni boshqarish federal agentligining quyidagi ishonch raqamlariga murojaat qilish so‘raldi:

  • 911 — shoshilinch tibbiy yordam;
  • (800) 621-3362/ (800) 462-7585/ (800) 985-5990 — Favqulodda vaziyatlarni boshqarish Federal agentligi;
  • 202-646-2500 — umumiy masalalar bo‘yicha;
  • +1-800-342-3557 — Florida shtati ko‘mak liniyasi:
  • +1-800-729-3413 — Florida shtati Evakuatsiya qilishga ko‘maklashish xizmati.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid