Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent metropoliteni 10 ta maxsus ventilyator sotib oladi
Toshkent metropolitenining ventilyatsiya tizimi ikki yildan buyon ta’mirlanmoqda. 2025 yilda 10 ta yangi ventilyator xarid qilish rejalashtirilgan.
Toshkent metrosining yerosti bekatlari uchun 2025 yilda 10 ta ventilyator xarid qilinadi. Bu haqda Xalqaro press-klubda metropoliten rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Toshkent metropolitenining rejim xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Abdutohir Abduqodirov ventilyatsiya tizimini ta’mirlash va qurilmalarni yangilash jarayoni ikki yildan beri davom etayotganini ma’lum qildi.
«Yo‘lovchilarning ko‘pligi hamda ushbu qurilmalarning ancha yillardan buyon xizmat qilib kelayotgani sababli ikki yildan beri tizimni ta’mirlash ishlari olib borilyapti. Chilonzor, Novza, Olmazor va Paxtakor kabi katta stansiyalarimizda bu tizimlar — ya’ni suv bilan sovitish tizimlari yangilandi. 2025 yilda yana 10 ta shunday katta ventilyatorni yangilash, aniqrog‘i, sotib olish rejalashtirilgan, buning ustida ish olib borilyapti», — dedi Abdutohir Abduqodirov.
Mas’ulning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Toshkent metrosining yerosti bekatlarida 100 dan ortiq ventilyator bo‘lib, ularning barchasi ishlab turibdi.
Mavzuga oid
10:43 / 11.01.2025
Toshkent metrosiga yana 3 ta yangi poyezd olib kelindi
18:31 / 18.09.2024
«Toshkent metropoliteni» aholidan imkon qadar tezroq harakatlanishni so‘radi
21:43 / 27.08.2024
Toshkent metrosining «O‘zgarish» bekatida yong‘in yuz berdi
20:47 / 28.05.2024