O‘zbekiston | 14:26 / 13.10.2024
19725
2 daqiqa o‘qiladi

14 oktyabr kuni ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

“O‘zgidromet” 14 oktyabr, dushanba kuni kuzatiladigan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Foto: Kun.uz

Toshkent shahri. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan sekundiga 3–8 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +10...+12 daraja, kunduzi +15...+17 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5 daraja, ba’zi joylarda 0...–2 daraja, kunduzi +8...+13 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +13...+18 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +8...+13 daraja, kunduzi +15...+20 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +1...+15 daraja, kunduzi +20...+25 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan sekundiga 5–10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +15...+20 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin Shamol g‘arbdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda sekundiga 13–18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi +5...+10 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid