Jahon | 23:21 / 15.10.2024
9576
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik siyosatchilar Zelenskiyga bosim o‘tkazmoqda - Ukraina prezidenti ofisi

AQShdagi har ikkala partiya siyosatchilari 18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan yigitlarni safarbarlikka jalb etish masalasida Ukraina prezidentiga bosim o‘tkazayotgani ma’lum bo‘ldi.

Foto: AP

AQShdagi har ikkala partiya siyosatchilari 18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan yigitlarni safarbarlikka jalb etish masalasida Volodimir Zelenskiyga bosim o‘tkazmoqda. Bu haqda Ukraina prezidenti ofisi rahbarining maslahatchisi Sergey Leshenko ma’lum qildi.

U Zelenskiyga bo‘layotgan bosim to‘g‘risidagi ma’lumotni tasdiqlay olishini qo‘shimcha qilgan, chunki masala «yuzaga chiqib qolgan». «Sheriklarning asosi quyidagicha: AQSh Vetnamda urush boshlaganida u yerga 19 yoshdan olib ketilgan. Shu bois amerikaliklar birgina g‘arbning quroli yetmasligi, 18 yoshdan boshlab safarbarlikka jalb etish kerakligini ta’kidlamoqda», — deb yozadi Leshenko. Bosim aynan qanday ko‘rinishda bo‘layotganiga u oydinlik kiritmagan.

Leshenkoning so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiy «bunga rozi bo‘lmagan» va «har ikkala partiya siyosatchilarini chaqiruv yoshidan qat’i nazar qurol berishga ko‘ndirishni davom etyapti».

2024 yilning mayida Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonun kuchga kirib, harbiy xizmatga chaqiruv yoshi 27 yoshdan 25 yoshga tushirildi. Bir yillik harbiy xizmatga chaqirilgan 18-25 yoshdagi yigitlar safarbarlikka jalb etilmaydi, balki muddatli harbiy xizmatni o‘taydi. Bu yoshdagi yigitlar faqat tinchlik davrida muddatli xizmatini o‘tagan yoki oliy harbiy bilim yurtini tamomlagan bo‘lsa, safarbarlikka jalb etiladi.

Mavzuga oid