Jamiyat | 07:40 / 15.10.2024
21133
1 daqiqa o‘qiladi

Namanganda mashina «bagaji» ustida o‘tirib harakatlangan yigit vafot etdi

Kosonsoy tumanida 21 yoshli haydovchi «Jiguli»da turli xavfli manyovrlar qilib harakatlandi. Buning oqibatida mashina «bagaji» ustida o‘tirgan yigit yiqilib tushgan va shifoxonada vafot etgan.

Foto: Videodan kadr

Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida mashina yukxonasida o‘tirib harakatlangan 21 yoshli yigit vafot etdi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Voqea 2 oktyabr kuni soat 16:00 larda tumanning Bog‘ibaland ko‘chasidagi ichki yo‘llardan birida sodir bo‘lgan. 21 yoshli yigit “VAZ-2107” avtomashinasi yukxonasi ustiga do‘stini o‘tqazib olib, turli manyovrlar qilib harakatlangan.

Yukxonadagi yigit (2003 yilda tug‘ilgan) yerga yiqilib, turli tan jarohatlari olgan. U shifoxonaga yotqizilib, tibbiy muolajalar ko‘rsatilganiga qaramay, 12 oktyabr kuni vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid