RFda Fransiya fuqarosi uch yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
Loran Vinate umumiy rejimli koloniyada uch yilga ozodlikdan mahrum etildi. Tergov fransuzni «chet el agenti» sifatida ro‘yxatdan o‘tmasdan harbiy ma’lumotlarni yig‘ishda aybladi.
Moskvaning Zamoskvoretskiy rayon sudi Fransiya fuqarosi Loran Klod Jan-Lui Vinateni umumiy rejimdagi axloq tuzatish koloniyasida uch yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda 14 oktyabr, dushanba kuni «Moskva shahrining umumiy yurisdiksiya sudlari» Telegram-kanalida xabar berildi.
Sud fransuzni «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonunchilikka oid majburiyatlarni bajarishdan bo‘yin tovlaganlikda aybdor deb topdi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Vinate Rossiya Federatsiyasi Adliya vazirligida «chet el agenti» sifatida ro‘yxatdan o‘tmasdan harbiy ma’lumotlarni to‘plagan, deb aniqlik kiritdi «Mediazona»nashri. Unga ko‘ra, ayblanuvchi o‘z aybiga iqror bo‘lgan, ish dalilsiz ko‘rib chiqilgan.
Ayblov xulosasida aytilishicha, 2021 yil aprel va 2022 yil avgust oylarida Vinate uch rossiyalik bilan uchrashuvlar chog‘ida «qo‘shinlarni safarbar qilish va jangovar tayyorgarligi», shuningdek, Rossiya Federatsiyasidagi siyosiy vaziyat haqida ma’lumot to‘plagan.
RFda 72 yoshli amerikalik yollanma faoliyat uchun salkam 7 yilga qamaldi
Moskva shahar sudi 7 oktyabr kuni AQSh fuqarosi Stefan Xabbardni olti yil-u o‘n oyga umumiy rejimdagi koloniyaga hukm qildi. Michiganlik 72 yoshli fuqaro Ukraina Qurolli kuchlari safida yollanma askar sifatida jangovar harakatlarda qatnashganlikda aybdor deb topildi. Sud faqat hukmning kirish va qaror qismlarini e’lon qildi.
Xabbardning jazosi hukm qonuniy kuchga kirgan paytdan boshlab hisoblanadi. Ungacha Stefan Xabbard tergov hibsxonasida qoladi. Amerikalikka chiqarilgan hukm ichiga tergov izolyatorida bir sutka hibsda bo‘lgan vaqti koloniyada bir yarim sutka sifatida kiritiladi.
Stefan Xabbardning advokati allaqachon Moskva shahar sudi hukmi ustidan shikoyat qilishini ma’lum qilgan. AQShning Moskvadagi elchixonasi vakillari «Interfaks»ga mahkum oldiga konsullik darajasida kirish haqidagi so‘rovga javob kutayotganliklarini ma’lum qilishdi.
Mavzuga oid
14:22 / 24.11.2024
Parij: Ukraina Rossiya hududiga SCALP raketalari bilan zarba yo‘llashi mumkin
22:35 / 23.11.2024
Fransiyada deputatlarning Telegram akkauntlari buzib kirilgani yuzasidan tergov boshlandi
09:16 / 23.11.2024
Siyosiy texnolog Marat Gelman RFda terrorizmni oqlashda ayblandi
23:05 / 22.11.2024