Toshkentda o‘zgalarning avtomobillarini olib qochgan shaxslar ushlandi
Yashnobod tumanida ikki nafar 20 yoshli yigit o‘zgalarga tegishli bo‘lgan ikkita Damas avtomashinasini olib qochdi.
Toshkent shahri Yashnobod tumanida avtoturargohda turgan Damas`ni olib qochgan yigitlar 7 yilda ozodlikdan mahrum qilindi.
Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, holat 2023 yil 12 dekabr kuni tumanning Tarnovboshi mahallasi hududida sodir bo‘lgan. Ular dastlab fuqaro M.T.ga tegishli bo‘lgan Damas`ni olib qochgan.
Ammo u yo‘lda o‘chib qolgach, yigitlar boshqa Damas`ga o‘tirib, uni ham haydab ketgan. Huquqbuzarlar o‘g‘irlangan mashinada ketayotganda ularni yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan to‘xtatilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi ularni Jinoyat kodeksining 267-moddasi (Transport vositasini olib qochish) bilan aybli deb topdi.
Mazkur kodeksning 57-moddasini qo‘llangan holda, yigitlar 7 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Mavzuga oid
18:07
IIV tuzilmasida Doniyor Toshxo‘jayev va yana ikki mansabdor lavozimidan ozod etildi
21:48 / 23.11.2024
Odamlar o‘limiga ko‘proq sabab bo‘layotgan eng xavfli avtomobillar sanaldi
18:52 / 23.11.2024
Prezident Toshkentda «Xushnud» mahallasi aholisi bilan uchrashdi
16:37 / 23.11.2024