O‘zbekiston | 22:21 / 17.10.2024
7514
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zmetkombinat»ga yangi rahbar tayinlandi

Dilshod Ahmedov «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» AJ yangi rahbari bo‘ladi.

Foto: O‘zmetkombinat

Dilshod Tursunqulovich Ahmedov «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatiga yangi rahbar qilib tayinlandi. Bu haqda kombinat matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 12 oktyabr kuni kombinat Kuzatuv kengashi raisi, bosh vazir Abdulla Aripov raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Dilshod Ahmedovning bosh direktor lavozimiga tayinlangani e’lon qilingan. 2021 yildan beri ushbu lavozimda ishlagan Rashid Husanovich Pirmatov nafaqaga chiqqan.

Yaqin orada Ahmedovning tayinlanishi «O‘zmetkombinat» kuzatuv kengashi va aksiyadorlari tomonidan ham tasdiqlanishi kutilmoqda, deyiladi xabarda.

Dilshod Ahmedov 1972 yilda tug‘ilgan. I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti bitiruvchisi hisoblanadi. Shuningdek, Moskva «Skolkovo» boshqaruv maktabida o‘qigan.

2021 yil yanvaridan «O‘zmetkombinat» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari sifatida, 2024 yil yanvardan esa Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

«O‘zmetkombinat» AJ O‘zbekistonda qora metallurgiyaning yetakchi ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Kombinat yiliga 1 million tonnadan ortiq prokat ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Mavzuga oid