Jamiyat | 17:20 / 17.10.2024
3499
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida hojatxonaga tushib ketgan qizcha qutqarib qolindi 

Qizcha qutqarilgandan so‘ng u shifoxonaga olib borilib, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. 

Foto: FVV

Toshkent viloyatida FVB qutqaruvchilari hojatxonaga tushib ketgan qizchani qutqarib qolgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda

Ma’lum qilinishicha, FVBga bugun, 17 oktyabr kuni soat 11:44 da Oqqo‘rg‘on tumani Birlik mahallasida joylashgan nonvoyxona hovlisidagi hojatxonaga 2023 yilda tug‘ilgan qizcha ehtiyotsizlik va nazoratdan chetda qolgani sababli tushib ketgani haqida xabar tushgan.  

Zudlik bilan aytilgan manzilga qutqaruvchilar yetib borgan va maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida hojatxona chuqurligidan qizchani sog‘-salomat olib chiqib, uning hayotini saqlab qolgan. 

Qayd etilishicha, qizchaga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida u shifoxonaga olib borilib, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.

Mavzuga oid