Agrar universiteti yotoqxonasi qurilishi sifatsiz ishlar sabab to‘xtatildi
Qurilish talablariga zid ishlar bajarilgani uchun pudratchiga 14 marta ogohlantirish berilgan.
Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan Toshkent davlat Agrar universitetining 400 o‘rinli yotoqxona binosi qurilishi to‘xtatilgani haqida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi ma’lum qildi. Ma’lum bo‘lishicha, bino pudratchisi New Brand House MChJ. Qurilish inspeksiyasi pudratchi va mas’ullarga qurilish jarayonida aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan 14 marotaba yozma ko‘rsatma bergan. Biroq qurilish ishlari tuzatilmagan. Uch marta jarima chorasi qo‘llangan.
Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi bosh inspektori Ismoil Hamidov qurilish ishlari pudratchi tomonidan sifatli va loyiha talablarini buzgan holda olib borilayotganini aytdi. “Gipsokarton plitasining ichki pardoz devorlariga yopishtirilishi jarayonida metall profillardan karkas qilib o‘rnatilishi o‘rniga oddiy gipslar qotirilib mustahkamlangan”, – deb tushuntirgan mas’ul.
Shuningdek, vazirlik xabarida qurilish pudrat tashkiloti binoning ichki xonalariga kirish eshiklarining sarbastlari loyihaga zid bajarilgani, tom yopish ishlarida esa loyihaga umuman amal qilinmaganini qo‘shimcha qilgan.
Ayni paytda bino texnik tekshiruvdan qayta o‘tkazilgunga qadar qurilish to‘xtatib qo‘yilgan.
Mavzuga oid
15:18
Toshkentda YeIda ishlaydigan mutaxassislarni tayyorlovchi GFR universiteti filiali ochiladi
16:52 / 07.11.2024
O‘zbekistonning 23 ta oliygohi Osiyo universitetlari reytingiga kirdi
16:12 / 05.11.2024
Yangiyo‘lda “dom” qurilishi ishlar sifatsiz bajarilgani uchun to‘xtatildi
21:27 / 31.10.2024