Fransiya Zelenskiyning «g‘alaba rejasi»ni qo‘llab-quvvatlaydi
Shuningdek, avval va’da qilingan «Mirage 2000» qiruvchi-samolyotlarini 2025 yil boshida Ukrainaga topshiradi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy tomonidan taqdim etilgan «g‘alaba rejasi»ni Fransiya qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro ma’lum qildi, deb yozdi «RBK-Ukraina».
«Biz g‘alaba rejasini qo‘llab-quvvatlaymiz, chunki ming kunlik [urush davrida] biz Ukraina bilan birgamiz va zarur harakatlarni qilmoqdamiz», dedi Barro Kiyevda o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Ukraina tashqi ishlar vazirligi rahbari Andriy Sibiga ham Barro bilan muzokaralar chog‘ida «g‘alaba rejasi»ni amalga oshirish bo‘yicha amaliy qadamlar muhokama qilinganini aytdi.
Shuningdek, Fransiya TIV rahbari o‘z mamlakati prezidenti Emmanuel Makron va’da qilgan ilk «Mirage 2000» qiruvchi-samolyotlarini 2025 yil boshida Ukrainaga topshirilishini aytdi. Fransiya ham ukrainalik uchuvchilarni bu qiruvchi-samolyotlarni boshqarishga o‘rgatadi, deb qo‘shimcha qildi u.
Fransiya hukumati avvalroq Ukrainaga 20 ta «Mirage 2000-5F» samolyotlarini topshirishni rejalashtirayotganini e’lon qilgan edi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 16 oktyabr kuni Oliy Radaga «G‘alaba rejasi»ni taqdim etdi. U besh banddan iborat bo‘lib, Ukrainani NATOga taklif qilish, uning Qurolli kuchlarini mustahkamlash va Rossiyani «yadroviy bo‘lmagan usulda tiyish»ni o‘z ichiga oladi.
Mavzuga oid
17:24
The Times: Kiyev bir necha oy ichida oddiy atom bombasini yaratishi mumkin
16:08
Blinken: AQSh Tramp kelishidan oldin Ukrainaga yordamni kuchaytiradi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
21:24 / 13.11.2024