Rossiya Ukrainaga kechasi 135 ta hujumkor UUA bilan hujum qildi
Ukraina Qurolli kuchlari Havo kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari mamlakatning 14 ta hududi ustidan 80 ta dronni qaytarishga muvaffaq bo‘lgan. Havo hujumi haqida ogohlantirish Kiyevda ham yangradi.
18 oktyabr, jumaga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Ukraina hududiga 135 ta dron bilan hujum qildi, deb xabar berdi Ukraina Havo kuchlari Telegramʼda. «Dushman Ukrainaga Shahed tipidagi hujumkor uchuvchisiz uchoqlar va noma’lum turdagi dronlar bilan hujum qilmoqda», — deyiladi ertalabki xabarda. Uchirishlar yana Kursk, Orel va Primorsko-Axtarsk rayonlaridan amalga oshirildi.
Ukraina Qurolli kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari Ukrainaning 14 oblastida 80 ta dronni urib tushirishga muvaffaq bo‘lgan, radioelektron kurash tizimlarining ishlashi natijasida yana 44 ta dron Ukrainaning bir qator viloyatlarida «mahalliy ravishda yo‘qotilgan». Harbiy hisobot e’lon qilingan vaqtda Ukraina havo hududida o‘nga yaqin dron bo‘lgan va ikkitasi Belarusga uchib ketgan.
UQK bir kechada Rossiya uchirgan 56 ta drondan 22 tasini urib tushirdi
17 oktyabr kuni Rossiya qo‘shinlari Ukraina hududiga bitta X-59 boshqariladigan aviatsion raketani, shuningdek, 56 ta hujumkor dronlar va noma’lum turdagi UUAni uchirdi, deb xabar berdi UQK Havo kuchlari.
Hisobotga ko‘ra, front chizig‘idagi infratuzilma obektlariga hujumkor uchuvchisiz uchoqlarning 5 ta zarbasi qayd etilgan. Shu bilan birga, Sumi, Kiyev, Poltava, Chernihiv, Jitomir, Mikolayiv, Cherkassk, Odessa va Ternopil oblastlarida dushmanning 22 ta uchuvchisiz uchog‘i urib tushirilgan, 27 tasi radioelektron kurash uskunalari ishi natijasida «mahalliy ravishda yo‘qotigan» va ikkitasi Belarus yo‘nalishi bo‘yicha uchib ketgan.
Mavzuga oid
20:12 / 22.11.2024
«Aftidan qo‘rqinchli, ammo hech narsani o‘zgartirolmaydi» - «Oreshnik» qanaqa raketa?
14:17 / 22.11.2024
Vengriya Ukraina bilan chegarada HMM tizimlarini o‘rnatish niyatida
09:12 / 22.11.2024
Britaniya Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi
22:23 / 21.11.2024