Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya va Ukraina HHMni kuchaytirish bo‘yicha kelishuv imzoladi
Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimini mustahkamlash bo‘yicha kelishuv Berlin IAAD tashabbusi doirasida tuzilgan. Ukraina mudofaa vazirining so‘zlariga ko‘ra, loyihaga yana to‘rt davlat qo‘shiladi: Belgiya, Norvegiya, Niderlandiya va Daniya.
Ukraina va Germaniya mudofaa vazirlari Rustem Umerov va Boris Pistorius Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimini mustahkamlash bo‘yicha zudlik bilan chora ko‘rish to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi. Hujjat «Katta yettilik» mamlakatlari Mudofaa vazirligi rahbarlarining Neapoldagi uchrashuvi chog‘ida imzolangan, deb xabar berdi ikkala siyosatchi 19 oktyabr, shanba kuni ijtimoiy tarmoqlarda.
Germaniya Mudofaa vazirligining X ijtimoiy tarmog‘idagi xabarida aytilishicha, Berlinning IAAD ("Havo mudofaasi bo‘yicha zudlik bilan harakat", Immediate Action on Air Defense) tashabbusi doirasida tuzilgan kelishuv Germaniyaga hamkorlar bilan birgalikda Kiyev uchun havo hujumidan mudofaa tizimlarini sotib olishni tezlashtirish imkonini beradi.
Rustem Umerovning so‘zlariga ko‘ra, loyihaga yana to‘rt davlat qo‘shiladi: Belgiya, Norvegiya, Niderlandiya va Daniya. «Bitim imzolagan davlatlar qo‘shma loyihalarga hissa qo‘shishi yoki Ukraina Qurolli kuchlarining havo hujumidan mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga qaratilgan o‘z loyihalarini moliyalashtirishi bo‘yicha kelishuvlarni ko‘zda tutadi», deb yozdi ukrainalik vazir Facebookʼda Germaniyaga minnatdorchilik bildirgan holda.
O‘tgan hafta boshida Germaniya Ukrainaga ikkita havo hujumidan mudofaa tizimini topshirgani haqida xabar berilgan edi: o‘rta masofali IRIS-T SLM va qisqa masofali IRIS-T SLS.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025