O‘zbekiston | 19:00 / 23.10.2024
9485
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Kia Sonet texnik xususiyatlari: ishonchlilik va tejamkorlik

Kia Sonet - bu o‘zgacha uslub va ishonchli texnik yechimlarni o‘zida mujassam etgan ixcham krossover. Tejamkor dvigatel, katta klirens, zamonaviy tashqi dizayn - uni zamonaviy megapolisda faol hayot tarzi uchun ajoyib tanlovga aylantiradi.

Foto: Kia Sonet

Kia Sonet dvigatellari

Kia Sonet mashhurligining asosiy sabablaridan biri o‘zining uzoq muddat ishlashi va bardoshliligi bilan tanilgan ishonchli atmosferali dvigatelidir. Mazkur dvigatelda ham mexanik transmissiya, ham variator mavjudligi bilan ajralib turadi.

1,5 litrli atmosferali yuqori unumli benzinli dvigatel (Smarstream) ko‘p nuqtali yonilg‘i purkovchi tizim (MPI) bilan jihozlangan. Dvigatelning quvvati 115 ot kuchi (84,5 kVt), maksimal burovchi momenti esa daqiqasiga 4500 marta aylanganda 144 Nm ni tashkil qilishi, shiddatli harakatlanishi va boshqarilishidan zavqlanishingizni inkor qilmasdan yonilg‘ini tejash imkonini beradi.

Yonilg‘i tejamkorligi

Ko‘pchilik haydovchilar uchun yonilg‘i sarfi, ayniqsa, harakatlanish jarayoni ravon bo‘lmagan va tez-tez sodir etiladigan shahar sharoitida muhim mezon bo‘lib hisoblanadi. Kia Sonet yonilg‘i tejamkorligi borasida taassurot uyg‘otadigan ko‘rsatkichlarini namoyish etmoqda.

•  Variatorga ega 1,5 litrli atmosferali dvigatel uchun yonilg‘i sarfi:

•  Shahar sikli: 100 km masofaga 7,5 litrga yaqin.

•  Shahar tashqarisida: 100 km masofaga 5,4 litrga yaqin.

•  Aralash sikl: 100 km masofaga 6,2 litr.

Transmissiya

Kia Sonet turli xil transmissiya variantlari bilan taklif etiladi, jumladan:

• 6 pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi (MT). Mazkur tizim haydovchiga avtomobil ustidan to‘liq nazoratni ta’minlashi, ayniqsa an’anaviy haydash ishqibozlari tomonidan qadrlanadi.

• Variator (IVT): shaharning gavjum yo‘llari uchun ajoyib tarzda mos keladigan pog‘onasiz avtomat tizimli transmissiya.

Qo‘shimcha xususiyatlari

Kia Sonet MacPherson turidagi podveskaning mustaqil old tizimi va orqa prujinali to‘sin bilan jihozlanishi, safar davomida turli yo‘l qoplamalarida yaxshi boshqaruv, ishonchlilik va qulaylikni ta’minlaydi.

Avtomobil yuqori xavfsizlik tizimlari: ABS, EBD, barqarorlashtirish tizimi (ESC), shuningdek, haydovchi va yo‘lovchilarni himoya qilish uchun oltita xavfsizlik yostiqchalarini o‘z ichiga oladi.

Kia Sonet - bu atmosferali dvigatelning ishonchliligi va yonilg‘i sarfining tejamkorligini uyg‘unlashtirgan avtomobil. Mazkur avtomobil zamonaviy dizayn, qulaylik va yuqori darajadagi xavfsizlikni taklif etib, shahar sharoitida foydalanish uchun ajoyib tarzda mos keladi. Kundalik safarlar yoki uzoq sayohatlar uchun avtomobil izlayotganingizdan qat’iy nazar, Kia Sonet har qanday yo‘lda ishonchli hamrohingiz bo‘ladi.

Telefon: (+998) 55−500−83−33

Sayt | Facebook | Instagram | Telegram | Telegram-bot |  YouTube

Reklama huquqi asosida 

Mavzuga oid