Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlardan hisobot talab qilib olishda davlat organlari mas’uliyati oshiriladi
Yagona ruyxatga kiritilmagan hisobotni taqdim etishning belgilangan muddatlari va tartibiga zid ravishda talab qilib olish BHMning 20 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima qo‘llashga sabab bo‘ladi.
Prezident tomonidan «Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan hisobotlarni davlat organlariga taqdim etish jarayonlari soddalashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 241-10-moddasiga o‘zgartirish kiritish haqida»gi qonun imzolandi.
Hujjat bilan MJtKga Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistika ma’lumotlarining yagona ruyxatiga kiritilmagan hisobotlarni tadbirkorlik sub’yektlaridan talab qilib olganlik uchun javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish kiritilmoqda.
Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistika ma’lumotlarining yagona ruyxatiga kiritilmagan statistika, moliya, soliq hisobotini, xuddi shuningdek mazkur yagona ruyxatga kiritilgan hisobotni taqdim etishning belgilangan muddatlari va tartibiga zid ravishda talab qilib olish BHMning 20 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima qo‘llashga sabab bo‘ladi.
Mavzuga oid
13:12 / 14.05.2025
Dunyoda o‘z davlati ichida ko‘chishga majbur bo‘lganlar soni 83 mlndan oshdi
15:05 / 07.03.2025
Biznes uchun statistika hisobotlari hajmi kamayadi
11:47 / 03.12.2024
BBC o‘zbekistonlik tadbirkor - Dilorom Yo‘ldoshevani «dunyo bo‘ylab ilhomlantiruvchi va nufuzli 100 ayol» ro‘yxatiga kiritdi
17:02 / 28.11.2024