Isroil aviatsiyasi Bayrut chekkasiga zarbalar berdi
Livan matbuotiga ko‘ra, Isroil harbiy-havo kuchlari Bayrutning janubiy chekkasiga kamida 17 ta havo hujumini amalga oshirgan.
Isroil harbiy-havo kuchlari qiruvchilari 23 oktyabr, chorshanba kuni kechqurun Livan poytaxti Bayrutning «Hizbulloh» harakati nishonlari joylashgan janubiy chekkalariga zarbalar berdi. Livan milliy axborot agentligi (NNA) Isroilning kamida 17 ta zarbasi haqida xabar berib, ularni mojaro boshlanganidan beri «eng shafqatsiz» hujum deb atadi.
NNA ma’lumotlariga ko‘ra, hujum xususan El-Leylaki hududiga qaratilgan bo‘lib, u yerda oltita bino, jumladan turar joy majmuasi vayron bo‘lgan. Livan Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, Isroil havo hujumlarida bir kishi halok bo‘lgan va yana besh kishi, jumladan bir bola yaralangan. Livanning, dpa xabariga ko‘ra, «Hizbulloh» harakatiga yaqin Al Mayadeen telekanali Bayrut janubidagi ofislaridan biriga hujum qilingani to‘g‘risida xabar berdi.
Isroil armiyasi matbuot kotibi Avixai Adrai 22 oktyabr oqshomida «evakuatsiya qilish zarurligi haqida ogohlantirib», to‘rtta xaritani e’lon qildi.
TSAHAL Nasrullohning ehtimoliy vorisi o‘ldirilganini tasdiqladi
Isroil mudofaa kuchlari (TSAHAL) Livandagi «Hizbulloh» guruhining sobiq yetakchisi Hasan Nasrullohning ehtimoliy vorisi Hoshim Safiuddin hamda «Hizbulloh» razvedkasi rahbari Ali Husayn Hazima o‘ldirilganini tasdiqladi. Isroil qurolli kuchlari bayonoti 22 oktyabr kuni e’lon qilindi.
Zarba taxminan uch hafta oldin TSAHAL tomonidan «Hizbulloh» ning Bayrutdagi asosiy tayanchi deb hisoblangan Dahiya tumanida amalga oshirildi.
Mavzuga oid
14:54
Bayden XJSning Netanyahuni hibsga olishga order berishiga munosabat bildirdi
17:37 / 21.11.2024
Xalqaro jinoyat sudi Netanyahuni hibsga olishga order berdi
10:31 / 21.11.2024
AQSh Senati Isroilga qurol yetkazib berishni bloklashni rad etdi
23:12 / 19.11.2024