Jahon | 22:26 / 25.10.2024
7051
2 daqiqa o‘qiladi

BRICS davlatlarining umumiy puliga zarurat yo‘q – Rossiya Markaziy Banki raisi

Elvira Nabiullina so‘zlariga ko‘ra, BRICS mamlakatlarining texnologik darajasi bir xil emas, shuning uchun ham prinsipial ravishda umumiy banknotaga ega bo‘lishning hojati yo‘q.

Foto: brics-russia2024.ru

BRICS mamlakatlari uchun yagona qog‘oz pul (banknota) yaratishdan ko‘ra, milliy valutalarda raqamli moliyaviy aktivlar va to‘lovlarni rivojlantirish muhimroqdir. Bu haqda Rossiya Markaziy Banki raisi Elvira Nabiullina ma’lum qildi.

Nabiullina Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan BRICS sammitida ko‘rsatilgan umumiy pul birligi o‘ziga nega yoqmaganini izohlab, yagona valutani yaratish iqtisodiyot va moliyaning ko‘plab sohalarida uyg‘unlashuv va integratsiyani talab qiluvchi o‘ta murakkab jarayon ekanini aytdi.

Bundan tashqari, Markaziy Bank raisi so‘zlariga ko‘ra, BRICS mamlakatlarining texnologik darajasi bir xil emas, shuning uchun ham prinsipial ravishda umumiy banknotaga ega bo‘lishning hojati yo‘q.

«Biz, albatta, milliy valutalarda hisob-kitoblarni rivojlantirish, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo va sarmoyani osonlashtirish maqsadida turli xil yangi texnologik yechimlardan, platformali yechimlardan foydalanishni muhokama qilmoqdamiz», deb qo‘shimcha qildi Nabiullina.

Avvalroq, Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan BRICS sammitida Rossiya prezidenti Vladimir Putinga tashkilotning umumiy ramziy banknotasi ko‘rsatilgan edi. Putin banknotni qo‘liga olib, kuldi va Rossiya Markaziy Banki raisi Nabiullinaga uzatdi. Keyinroq, banknota Nabiullinaga yoqmagani aytildi.

Mavzuga oid