Jahon | 09:10 / 25.10.2024
7818
2 daqiqa o‘qiladi

GUR: Kursk oblastiga KXDRdan dastlabki harbiylar yetib keldi

Ukraina razvedka xizmatlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, Shimoliy Koreyaning 12 mingga yaqin harbiy xizmatchisi, jumladan, 500 ofitser va uch general Rossiyaga jo‘natilgan.

Foto: Ahn Young-joon/AP/picture alliance

24 oktyabr, payshanba kuni Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi (GUR) xabariga ko‘ra, avvalroq Rossiya poligonlarida tayyorgarlikdan o‘tgan KXDRning dastlabki harbiy bo‘linmalari Kursk oblastiga yetib keldi.

Bir kun avval jangovar zonada KXDR askarini ko‘rishgan. Ularning mashg‘ulotlari Rossiya sharqida joylashgan beshta harbiy poligonda bo‘lib o‘tdi: Ussuriyskdagi «Baranovskiy», «Donguz» (Ulan-Ude), «Yekaterinoslavskiy» (Yekaterinoslavka), 248- («Knyaz-Volkonskiy») va 249-poligonda (Sergeyevka)», deydi GUR.

Ukraina razvedka xizmatlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, Shimoliy Koreyaning 12 mingga yaqin harbiy xizmatchisi, jumladan, 500 ofitser va uch general Rossiyaga o‘tkazilgan. Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Yunusbek Yevkurov ularni tayyorlash va moslashtirish uchun mas’ul etib tayinlandi, deb yozadi Bosh razvedka boshqarmasi.

NATO KXDR harbiylari Rossiyaga yuborilganini tasdiqladi

«Ittifoqchilar Shimoliy Koreya qo‘shinlarining Rossiyaga o‘tkazilishini tasdiqladilar, agar bu qo‘shinlar Ukrainadagi urush uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, bu Shimoliy Koreyaning Rossiya tomonidan olib borilayotgan noqonuniy urushni qo‘llab-quvvatlashi bilan bog‘liq holda vaziyatning sezilarli darajada keskinlashganini anglatadi va bu Rossiya frontda katta yo‘qotishlarga uchraganining yana bir dalilidir», dedi 23 oktyabr kuni NATO matbuot kotibi Farah Dahlallah DW so‘roviga javoban.

Uning ta’kidlashicha, NATO a’zolari ushbu masala bo‘yicha alyans doirasida faol maslahatlashmoqda va Janubiy Koreya hukumati bilan vaziyatni muhokama qilmoqchi.

Mavzuga oid