Erdo‘g‘an RFga «g‘alla bitimi»ni davom ettirish bo‘yicha hujjatlarni topshirdi
Moskva Erdo‘g‘an tomonidan taqdim etilgan «g‘alla bitimi»ni qayta tiklash imkoniyati haqidagi hujjat loyihasini o‘rganmoqda, deya xabar beradi Kreml.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Rossiya tomoniga «don kelishuvi»ni davom ettirish imkoniyati haqidagi hujjatni topshirdi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin 25 oktyabr, juma kuni «60 minut» dasturiga bergan intervyusida.
«Endi biz kecha uchrashgan janob Erdo‘g‘an Qora dengizdagi yuk tashish va boshqa ba’zi masalalar bo‘yicha aloqalarni davom ettirish bo‘yicha bu takliflarini yana bir bor yangiladi», — dedi Putin.
«Kelajakda bunday urinishning takrorlanishini muhokama qilish haqidagi hujjat loyihasi hozirda bizning tegishli idoralarimiz va mutaxassislarimiz tomonidan o‘rganilmoqda», — dedi Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Qora dengizdagi don tashabbusini qayta tiklash imkoniyati haqida to‘g‘ridan to‘g‘ri so‘ralganda, Peskov «avvalgi tajriba unchalik muvaffaqiyatli bo‘lmaganini» va Moskva nuqtayi nazaridan kelishuv «ishlamaganini» aytdi.
Yevroittifoq Rossiyani don kemalariga hujumlarni to‘xtatishga chaqirdi
Yevropa Ittifoqi Rossiyani Qora dengizda don tashuvchi kemalarga hujumlarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi. 10 oktyabr kuni Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrelning matbuot kotibi Piter Stano: «Bu hujumlar xalqaro huquqning ochiqdan-ochiq buzilishini tashkil etadi», dedi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qora dengizda don tashuvchi kemalarga hujum qilib, Rossiya «Afrika va Osiyodagi yordamga muhtoj millionlab odamlarning oziq-ovqat ta’minotini xavf ostiga qo‘yadi», deb xabar beradi dpa agentligi. Yevrokomissiya ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya so‘nggi paytlarda Ukraina donini olib ketayotgan yuk kemalariga ataylab bir necha bor hujum qilgan.
Mavzuga oid
18:21 / 20.11.2024
AQSh ortidan Buyuk Britaniya ham Ukrainaga uzoq masofali raketalardan Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berdi – OAV
16:13 / 20.11.2024
«Krokus»da terakt sodir etganlikda ayblanayotganlar yana 3 oy hibsda qoladi
12:07 / 20.11.2024
O‘zbekiston va Rossiya Kaspiy dengizi orqali yangi yo‘nalishlardan foydalanmoqchi
21:03 / 19.11.2024