Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi
Sinoptiklar 28-30 oktyabr kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 28 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 29 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28 oktyabrda kechasi +0...+5, ba’zi joylarda -2, kunduzi +7...+12; 29 oktyabrda kechasi -3...+2, Ustyurtda kechasi -2...-7, kunduzi +5...+10, 30 oktyabrda kechasi +0...+5, kunduzi +12...+17 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 28 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 29-30 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28 oktyabrda kechasi +5...+10, Navoiy viloyatining shimolida +0...+5, ba’zi joylarda -2, kunduzi +8...+13; 29-30 oktyabrda kechasi +0...+5, ba’zi joylarda -2, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 28 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 29-30 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28 oktyabrda kechasi +5...+10, kunduzi +8...+13; 29 oktyabrda kechasi +0...+5, ba’zi joylarda -2, kunduzi +10...+15; 30 oktyabrda kechasi +2...+7, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 28 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 29-30 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 oktyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28 oktyabrda kechasi +5...+10, kunduzi +10...+15; 29-30 oktyabrda kechasi +1...+6, kunduzi +12...+17 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 28 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 29-30 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28 oktyabrda kechasi +5...+10, kunduzi +10...+15; 29-30 oktyabrda kechasi +0...+5, kunduzi +13...+18 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 28 oktyabrda ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28 oktyabrda kechasi va kunduzi +0...+5, 29-30 oktyabrda kechasi -0...-5, kunduzi 29 oktyabrda +0...+5, 30 oktyabrda +2...+7 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
17:09
O‘zbekistonda yangi hafta boshida qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi
11:11 / 23.11.2024
Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi
10:24 / 23.11.2024
24 noyabr kuni harorat 20 darajagacha ko‘tariladi
10:51 / 22.11.2024