Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston bilan Tanzaniya o‘rtasida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tayotgan ICAOning havo qatnovi bo‘yicha uchrashuvida O‘zbekiston va Tanzaniya Birlashgan Respublikasi o‘rtasida yuk va yo‘lovchi tashuvlarini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.
Muzokaralar yakunida ikki mamlakat o‘rtasida yo‘lovchi tashish bo‘yicha haftasiga 21 marta, yuk tashish bo‘yicha esa cheksiz aviaqatnovlarni amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuv imzolangan.
Tanzaniya O‘zbekiston uchun mutlaqo yangi yo‘nalish hisoblanadi.
Mamlakat o‘zining mo‘’tadil ob-havo sharoiti, Maldiv orollari bilan bellasha oladigan zilol suvlariga ega Zanzibar oroli, yovvoyi tabiat qo‘ynidagi savannalari hamda sarguzashtlarga boy Klimanjaro tog‘lari bilan turistlar e’tiborini, shuningdek, qahva, choy, kakao, gullar va tropik mevalari bilan savdogarlar e’tiborini tortib keladi.
Mavzuga oid
15:01 / 24.05.2025
Toshkent va Singapur o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
15:58 / 12.05.2025
Mahalliy reyslar uchun subsidiya barcha rezident aviakompaniyalarga to‘lanadi
13:42 / 02.05.2025
"Toshkent-Madrid" yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlari yo‘lga qo‘yildi
13:49 / 12.04.2025