Jahon | 20:49 / 29.10.2024
2223
2 daqiqa o‘qiladi

Alisher Usmonov yana Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi rahbari bo‘lishi mumkin

103 ta mamlakat saylovda uning nomzodini qo‘llab-quvvatlamoqda. Usmonov 2008-2022 yillarda ushbu federatsiyaga rahbarlik qilgan.

Foto: RIA Novosti

Rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) rahbarligiga nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu haqda FIE veb-saytidagi hujjatlardan ma’lum bo‘lmoqda. 103 ta milliy qilichbozlik federatsiyalari uning qayta saylanishini qo‘llab-quvvatlamoqda.

«Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidentligiga nomzodimni dunyoning 100 dan ortiq milliy federatsiyalari tomonidan ilgari surilishi va qo‘llab-quvvatlanishini xalqaro qilichbozlik bo‘yicha o‘tgan 15 yil davomida erishilgan yutuqlarning e’tirofi sifatida baholayman. 103 ta federatsiyaning har biriga, shuningdek, meni qo‘llab-quvvatlagan sport rahbarlariga menga aytilgan iliq so‘zlar uchun rahmat», dedi Usmonov. Uning so‘zlarini Match TV keltirdi.

Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidentligi saylovi 30 noyabr kuni Toshkentdagi FIE Kongressida bo‘lib o‘tadi. Usmonovning raqibi shvetsiyalik Otto Drakenberg hisoblanadi.

71 yoshli Alisher Usmonov 2008 yildan 2022 yilgacha FIE rahbari bo‘lgan. Ukrainadagi urush boshlangach, sanksiyalar ortidan ushbu lavozimni tark etgan.

Hozir federatsiyaga vaqtincha gretsiyalik Manolis Katsiadakis rahbarlik qilmoqda.

Mavzuga oid