O‘zbekiston | 21:20 / 29.10.2024
4347
2 daqiqa o‘qiladi

Yagona saylov okrugi bo‘yicha saylov natijalari tasdiqlandi

Shuningdek, deputatlik mandatlari siyosiy partiyalar o‘rtasida taqsimlandi.

Foto: Markaziy saylov komissiyasi

29 oktyabr kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda saylovda 74,72 foiz saylovchi ishtirok etgani, siyosiy partiyalarning har biri 7 foizdan ko‘p ovoz to‘plagani sababli Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovi o‘tgan va haqiqiy deb topildi.

Shuningdek, hududiy saylov komissiyalarining siyosiy partiyalarga berilgan ovozlarni aniqlash to‘g‘risidagi bayonnomalariga asosan yagona saylov okrugi bo‘yicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov natijalari belgilandi va deputatlik mandatlari siyosiy partiyalar o‘rtasida taqsimlandi.

Yagona saylov okrugi bo‘yicha Qonunchilik palatasining 75 ta deputatlik o‘rni siyosiy partiyalar o‘rtasida quyidagicha taqsimlandi:

- O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi — 26

- «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi — 14

- Ekologik partiya — 10

- Xalq demokratik partiyasi — 13

- «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi — 12.

Bundan tashqari, qaror bilan deputatlik mandatlari taqsimlangan siyosiy partiyalar va partiya ro‘yxati bo‘yicha saylangan deputatlarga xabarnomalar yuborish belgilandi.

Shundan so‘ng, Markaziy saylov komissiyasi ularni Qonunchilik palatasi deputati sifatida ro‘yxatga oladi.

Mavzuga oid