Jamiyat | 10:50 / 31.10.2024
2881
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Tracker va skuter ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

30 oktyabr kuni Toshkent shahri Yashnobod tumani Mustaqillik ko‘chasida soat 12:30 larda YTH sodir bo‘ldi. 

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, 1987 yilda tug‘ilgan U.I. boshqaruvida bo‘lgan Tracker va 1999 yilda tug‘ilgan O.O. boshqaruvida bo‘lgan skuter o‘zaro to‘qnashgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida skuter haydovchisi tan jarohati olgan. 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid