Andijonda ishchidan alimentdan qarzini ushlab qolmagan fermer jarimaga tortildi
Bundan tashqari, fermer xo‘jaligi rahbarining Damas mashinasi ham xatlangan.
Andijon viloyati Ulug‘nor tumanida ishchisining maoshidan aliment qarzini ushlab qolmagan rahbar jarimaga tortilib, mashinasi xatlangan. Bu haqda MIB viloyat boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Ulug‘nor tumanida yashovchi M.A. sud qaroriga asosan ikki nafar farzandi uchun aliment to‘lab borishi belgilangan bo‘lib, aliment qarzi va to‘lovlari uning ish haqiga qaratilgan.
Bu bo‘yicha MIBning Ulug‘nor tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan aliment to‘lovchi M.A.ning ish joyi, ya’ni fermer xo‘jaligi rahbariga talabnoma yuborilgan.
Biroq fermer xo‘jaligi rahbari davlat ijrochisining qonuniy talablarini bajarmasdan, aliment pullarini qarzdorning ish haqi daromadlaridan ushlab qolmagan.
Shu sababli, byuroning Ulug‘nor tuman bo‘limi tomonidan fermer xo‘jaligi rahbari M.T. bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida 3 750 000 so‘m jarima jazosiga tortilgan.
Qayd etilishicha, ijro harakatlari davomida M.T.ga tegishli Damas mashinasi xatlanish jarayonida jarima pullari to‘liq undirilgan. Fermer xo‘jaligi rahbari ishchisining oktyabr oyi ish haqi to‘lovlaridan aliment qarzi uchun mablag‘lar o‘tkazilishini bildirgan.
Mavzuga oid
22:05 / 23.11.2024
DXX raisining ishdan olinishi, Andijonda Boburga “hujum” va tugagan saylov - hafta dayjesti
22:45 / 19.11.2024
Madaniy meros agentligi Andijondagi Bobur haykalini ko‘chirish bo‘yicha tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi
10:40 / 19.11.2024
Andijonda Bobur haykalini ko‘chirib, o‘rniga savdo majmuasi, ko‘ngilochar markazlar qurish rejalashtirilmoqda
21:10 / 18.11.2024