Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada migrantlar uchun imtihonlarning yagona narxlari belgilanadi
Rossiya Ta’lim va fan vazirligi migrantlar uchun rus tili, Rossiya tarixi va qonunchilik asoslarini bilish bo‘yicha imtihon topshirishning yagona narxlarini belgilashni taklif qildi.
Tegishli qaror loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari portalida e’lon qilindi.
Hujjatga ko‘ra, vazirlik quyidagi yagona narxlarni taklif qiladi:
- fuqarolikni olish uchun rus tilidan imtihon - 2950 rubl (1 rubl ≈ 155 so‘m);
- fuqarolikni olish uchun tarix va qonunchilik asoslari bo‘yicha imtihon - 2950 rubl;
- vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma (VYaR) yoki yashash uchun ruxsatnoma (YaR) olish uchun rus tili, tarix va qonunchilik asoslari bo‘yicha imtihon - 5900 rubl;
- ishlash uchun ruxsatnoma yoki patent olish uchun rus tili, tarix va asosiy qonunchilik bo‘yicha imtihon - 3800 rubl.
Hozir bunday imtihonlar uchun yagona qat’iy narx yo‘q. Hozirgi vaqtda imtihon o‘tkazadigan tashkilot bunday xizmat narxini hisoblab chiqadigan formulani belgilaydigan hukumat qarori mavjud. Xuddi shu qaror xizmatning maksimal narxini belgilab berdi. Bu, aslida, Ta’lim va fan vazirligi hozir doimiy deb belgilashni taklif qilayotgan miqdorga to‘g‘ri keladi: vaqtinchalik yashash uchun ruxsat yoki yashash uchun ruxsatnoma uchun - 5900 rubl, ishlash uchun ruxsatnoma yoki patent uchun - 3800 rubl.
Imtihonlar uchun yagona narxning joriy etilishi Davlat Dumasi 29 oktyabr kuni «Rossiya Federatsiyasida xorijiy fuqarolarning huquqiy holati to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirishlar qabul qilgani bilan bog‘liq. Mazkur o‘zgarishlarga ko‘ra, imtihonlarni faqat davlat muassasalari qabul qilishi va o‘tkazishi mumkin hamda yagona xarajat belgilanadi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025