Jamiyat | 10:09 / 07.11.2024
1602
1 daqiqa o‘qiladi

683 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan shaxs ushlandi

Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Foto: Bosh prokuratura

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidagi “S.T.A.M” MChJ rahbari S.B. jamiyatga qarashli ekin yerlarini sug‘orish uchun mo‘ljallangan suv nasosini o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulashi oqibatida 683 mln so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘irlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Dastlabki tergov davomida jamiyat tomonidan yetkazilgan 683 mln so‘m zarar to‘liq undirilishi ta’minlandi.

Mavzuga oid