Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyaning namunaviy shakli tasdiqlandi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining «Mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi xabarnoma, ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyalar va manfaatlar to‘qnashuvini hisobga olish reyestrining namunaviy shakllarini tasdiqlash haqida»gi buyrug‘i qabul qilindi.
Hujjat bilan:
- manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi xabarnoma;
- ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyalar;
- manfaatlar to‘qnashuvini hisobga olish reyestrining shakllari tasdiqlanmoqda.
Xabarnomada xodim o‘zining pasport ma’lumotlarini, JShShIR, yaqin qarindoshlarini F.I.Sh. va boshqa ma’lumotlarini, aloqador yuridik shaxs va manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi ma’lumotlarni aks ettirishi lozim.
Deklaratsiyada, ko‘rsatilgan ma’lumotlardan tashqari ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi haqida ma’lumot bo‘lishi kerak.
Manfaatlar to‘qnashuvini hisobga olish reyestrida manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha choralar belgilanishi lozim.
Ma’lumot uchun: mazkur shakllarni to‘ldirish talabi 06.12.2024 yildan kuchga kiruvchi “Manfaatlar to‘g‘risida”gi qonundan kelib chiqadi.
Qonun normalari quyidagilar uchun amal qiladi:
- davlat organlariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat muassasalariga, davlat unitar korxonalariga, davlat maqsadli jamg‘armalariga;
- ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlariga.
Mavzuga oid
09:59 / 13.11.2024
Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonun tatbiq etiladigan tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi
21:00 / 23.10.2024
Rossiyada BRICS sammiti deklaratsiyasi e’lon qilindi – muhim bandlar
19:11 / 15.09.2024
Britaniya bosh vaziri rafiqasiga berilgan sovg‘alar sabab tergov qilinishi mumkin
07:28 / 07.06.2024