Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida isitish mavsumi 8 noyabrdan boshlanadi
Viloyatdagi shahar va tuman hokimlari bir hafta muddatda barcha ijtimoiy soha obektlaridagi isitish qozonlarini xatlovdan o‘tkazadi.
Toshkent viloyati hokimining isitish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, ko‘p qavatli uylar hamda ijtimoiy soha obektlarini issiqlik energiyasi bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.
«Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi hamda viloyat «Issiqlik manbai» IChB markazlashgan issiqlik ta’minotining ishlash tizimining barcha qismlarini tekshirish hamda imkoniyatini aniqlash uchun 8 noyabr soat 10:00 dan boshlab issiqlik manbalaridan chiqadigan issiqlik energiyasining aylanma harakati ishga tushirilishini ta’minlasin», — deyiladi hujjatda.
Shuningdek, hokim qarori bilan viloyat «Issiqlik manbai ishlab chiqarish boshqarmasi» DUK, barcha ijtimoiy soha rahbarlari, shahar va tuman hokimliklari yetkazib berilayotgan issiqlik energiyasi uchun kreditorlik-debitorlik qarzlari oshib ketmasligi uchun shaxsan javobgar ekani belgilangan.
Shahar va tuman hokimlari barcha ijtimoiy soha rahbarlari bilan birgalikda bir hafta muddatda qo‘shimcha ravishda barcha ijtimoiy soha obektlaridagi isitish qozonlarini xatlovdan o‘tkazadi.
Toshkent shahrida 7 noyabrdan boshlab issiqlik energiyasi bilan bosqichma-bosqich ta’minlash ishlari boshlandi. Eslatib o‘tamiz, 1 noyabrdan Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida isitish mavsumi boshlangan.
Mavzuga oid
20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi
18:52 / 21.05.2025
Toshkent viloyatida uyida yo‘lbars boqib kelgan shaxs aniqlandi
10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi
14:50 / 13.05.2025