Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokistondagi stansiyada terakt: 24 kishi halok bo‘ldi
9 noyabr kuni Pokistonning Balujiston viloyatidagi temir yo‘l vokzalida xudkush o‘zini portlatib yubordi. Portlash yuzdan ortiq insonlar poyezd kutib turgan Peshavor stansiyasida sodir bo‘lgan. «Balujiston ozodlik armiyasi» separatistik guruhi terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.
Rasmiylarga ko‘ra, natijada stansiyasida bo‘lib turgan 24 kishi, jumladan o‘ndan ortiq harbiylar halok bo‘lgan, 40 dan ortiq odamlar jarohatlangan.
Al-Jazeera nashriga ko‘ra, 9 noyabr kuni ertalab sodir bo‘lgan hujum uchun javobgarlikni «Balujiston ozodlik armiyasi» separatistik guruhi o‘z zimmasiga oldi. Guruh o‘z bayonotida xudkush terrorchi temir yo‘l vokzalida bo‘lgan askarlarni nishonga olganini aytgan.
Pokistonning eng yirik, shu bilan birga qashshoq viloyati Balujistonda ayirmachi qurolli guruhlar tez-tez halokatli portlashlar sodir qilib turadi. Xususan, BOA uzoq vaqtdan beri Islomoboddan mustaqillikka erishish uchun qurolli isyon ko‘tarib kelgan. Ular viloyatning gaz va mineralga boy resurslaridan nohaq foydalanib kelinayotgani haqida aytadi.
Balujiston viloyati hokimiyati rasmiysi Shahid Rind portlash xudkushlik hujumi bo‘lganga o‘xshashini, lekin guruhning da’vosini tasdiqlash uchun tergov davom etayotganini bildirdi.
Pokiston bosh vaziri Shahbaz Sharif portlashni qoralab, hujumni uyushtirganlar «buning uchun juda og‘ir to‘lovlarni to‘lashini» aytgan. Shuningdek, u xavfsizlik kuchlari «terror tahdidini» butunlay yo‘q qilishga tayyorligini bildirdi.
Mavzuga oid
11:00 / 27.05.2025
Liverpulda mashina odamlarga qarata haydalgani terakt deb hisoblanmayapti
21:17 / 24.05.2025
“Mudofaamizga yana tahdid yuzaga kelsa, jim o‘tirmaymiz” – Pokiston elchisi bilan suhbat
00:15 / 20.05.2025
Hindistonda Pokiston foydasiga josuslik qilishda gumonlangan 9 kishi ushlandi
22:12 / 15.05.2025