Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada Ishiba hukumatining yangi tarkibi tasdiqlandi
Bu Shigeru Ishiba bosh vazir etib tayinlangan 1 oktyabrdan keyingi ikkinchi hukumatdir.
Yaponiya imperatori Naruxito bosh vazir Shigeru Ishiba boshchiligidagi yangi hukumatni tasdiqladi. Marosim Tokiodagi Imperator saroyida bo‘lib o‘tdi. Vazirlar mahkamasida faqat uchta yangi tayinlov bo‘ldi: 19 vazirdan 16 nafari o‘z lavozimini saqlab qoldi. Bugun, 11 noyabr kuni parlamentda Ishibaning bosh vazir lavozimiga nomzodi uchun ovoz berish yakunlandi.
Marosim chog‘ida imperator har bir vazirga lavozimga tayinlangani to‘g‘risida bildirishnoma topshirdi, deb xabar berdi Kyodo. Yangi hukumatda parlament saylovlarida mag‘lub bo‘lganlar o‘rniga adliya vaziri etib Keysuke Suzuki, qishloq xo‘jaligi vaziri etib Taku Eto tayinlandi. Hukmron koalitsiyadagi Liberal-demokratik partiya (LDP) hamkori «Komeyto» partiyasidan Xiromasa Nakano Davlat yerlari va transport vaziri bo‘ldi. Undan oldin bu lavozimda ishlagan Tetsuo Saito «Komeyto» partiyasiga rahbar bo‘ldi.
Bu Shigeru Ishiba bosh vazir etib tayinlangan 1 oktyabrdan keyingi ikkinchi hukumatidir. Bu lavozimga tayinlangach, u saylovchilarning qo‘llab-quvvatlashiga erishish uchun parlamentni tarqatib yubordi va muddatidan oldin saylov o‘tkazishga qaror qildi. Natijada, LDP va «Komeyto» Vakillar palatasida (parlament quyi palatasi) son ustunligini yo‘qotdi. Shunga qaramay, parlament a’zolari uning bosh vazir etib saylanishini qo‘llab-quvvatladilar.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025