O‘zbekiston va Finlandiya sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish dasturini tayyorlaydi
Boku shahrida COP29 sammiti doirasida Shavkat Mirziyoyev Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubb bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ko‘p qirrali O‘zbekiston—Finlandiya hamkorligini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Faol siyosiy va parlamentlararo aloqalar mamnuniyat bilan qayd etildi.
Yangi iqtisodiy kun tartibini shakllantirish uchun metallurgiya, elektrotexnika, kimyo, telekommunikatsiya va boshqa sohalarda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish dasturini tayyorlash taklif etildi.
Shu ma’noda, 2025 yil yanvar oyida Helsinki shahrida bo‘lib o‘tadigan Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi va biznes forumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.
Ta’lim va ekologiya sohasidagi almashinuvlarni mustahkamlash, shu jumladan BMTning Orolbo‘yi uchun trast jamg‘armasi faoliyatida Finlandiyaning faol ishtirok etishi istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.
Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
14:29 / 13.11.2024
Finlandiya Timchenko va Rotenbergning hokkey arenasini musodara qiladi
18:36 / 08.11.2024
Finlandiya aeroportlari GPS tizimidagi uzilishlar tufayli 1960 yillardagi navigatsiyadan foydalanishga o‘tdi
12:40 / 30.10.2024
Yle: Finlandiyada RF davlat mulki xatlovga olindi
13:50 / 29.10.2024