O‘zbekiston | 15:01 / 13.11.2024
330
1 daqiqa o‘qiladi

Ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlar pasporti tasdiqlanmoqda

Vazirlar Mahkamasining «Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda ruxsat berish tartib-taomillari soddalashtirilishi munosabati bilan hukumat ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan quyidagilar tasdiqlanmoqda:

  • karantin ostidagi mahsulotlar uchun karantin ruxsatnomasi, fitosanitariya sertifikati hamda o‘simliklarni himoya qilish vositalarini tajriba sifatida qo‘llash uchun ruxsatnoma pasportlari;
  • davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni eksport, import va O‘zbekiston hududi orqali tranzit qilishda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning pasporti;
  • mahalliy va import qilinadigan veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qo‘shimchalar ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnomaning pasporti.

Quyidagilar belgilanmoqda:

  • karantin ruxsatnomasi va fitosanitariya sertifikatini olish uchun arizalarni “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi;
  • ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishni rad etish to‘g‘risidagi xabarni elektron shaklda berish tartibi.

Mavzuga oid