O‘zbekiston | 14:32 / 14.11.2024
1002
2 daqiqa o‘qiladi

Pokiston O‘zbekistonda "biotexnologik" dori vositalarini ishlab chiqarishi mumkin

Mamlakat elchixonasi ko‘magida O‘zbekistonga biznes missiyasi tashkil etilgan Pokistonning yetakchi kompaniyalari rahbarlari yurtimiz hududlarida yaratilgan ishbilarmonlik muhiti bilan tanishdi.

Foto: "Dunyo" AA

Xususan, pokistonlik tadbirkorlar Surxondaryo viloyatining Angor, Qiziriq va Sariosiyo tumanlari hamda Qashqadaryo viloyatining Qarshi, Yakkabog‘, Chiroqchi va Ko‘kdala tumanlari bo‘lib, o‘zbek tomoni bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

Surxondaryoda kechgan uchrashuv chog‘ida Angor, Qiziriq, Sariosiyo tumanlarining salohiyatiga oid taqdimotlar o‘tkazildi.  Muzokaralar va V2V formatidagi uchrashuvlar natijasida  esa qator kelishuvlarga erishildi.

Pokistonning Getz Pharma kompaniyasi rahbari Xalid Mahmud  Sirdaryo va Toshkent viloyatlariga safari davomida O‘zbekistonda tashkil qilgan Novugen Pharma korxonasi faoliyatini kengaytirish va uning negizida "biotexnologik" dori vositalarini ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish yuzasidan kelishib oldi.

Buxoro viloyatiga uyushtirilgan safar ham Pokiston vakillari uchun samarali bo‘ldi. Jumladan, tekstil, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, logistika markazini tashkil etish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va viloyatga pokistonlik sayyohlar oqimini ko‘paytirish yo‘nalishida hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishuvlarga erishildi.

Mavzuga oid