Uch hududda 671 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
Qashqadaryo viloyatining Muborak va Koson, Namangan hamda Surxondaryo viloyatlarida elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departament
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, Muborak va Koson tumanlarida faoliyat yurituvchi “O.”, “Yo.K.” hamda “O.B.” fermer xo‘jaliklari mas’ul shaxslari tijorat maqsadida elektr suv nasoslarini umumiy foydalanishdagi tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulagan. Natijada jami 413,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.
Shuningdek, Namangan viloyatida “S.S.” xususiy korxonasi rahbari B.M. elektr tarmoqlari korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan, umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangan. Oqibatda jami 148,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Bundan tashqari, Termiz shahrida YaTT J.M. tijorat maqsadida umumiy foydalanish elektr tarmog‘iga ulanib, 110,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

11:56 / 16.04.2025
Toshkentning ayrim hududlarida 4 kun davomida elektr energiyasida uzilishlar kuzatiladi

12:07 / 08.04.2025
2,1 mlrd so‘mlik elektrni noqonuniy ishlatgan klinika aniqlandi

09:14 / 05.04.2025
Elektr tarmoqlari korxonasi xodimi 1 mlrd so‘mlik elektrni talon-toroj qildi

08:24 / 26.03.2025