O‘zbekiston | 12:33
1175
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston holdingi O‘zbekistondan 169 nafar mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi

O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari bosh ofisi Akmola viloyati Kokshetau shahrida joylashgan "Atameken-Agro" holdingi raisi o‘rinbosari Maksim Ulanov bilan onlayn shaklda muzokara o‘tkazdilar.

Foto: "Dunyo" AA

Muzokaralar O‘zbekiston prezidentining 2024 yil 17 oktyabrdagi "Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonlarini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori ijrosi doirasida tashkil etildi

Tomonlar o‘zbekistonlik malakali mutaxassislarni xavfsiz, tartibli va qonuniy tartibda ish bilan ta’minlash imkoniyatlari xususida fikr almashdilar.

Qozog‘iston vakillari hozirgi kunda xorijlik mutaxassislar uchun 120 ta kvota ajratilganini, kelgusida ushbu kvotalar sonini 500 taga yetkazish rejalashtirilganini ma’lum qildi.

Muzokaralar natijasida, 2025 yilda O‘zbekistondan 169 nafar malakali mutaxassislarni ish bilan ta’minlash to‘g‘risida kelishib olindi.

Mavzuga oid