Bolalarda ham qo‘llash mumkin bo‘lgan maymun chechak vaksinasi tasdiqlandi
JSST maymun chechagiga qarshi ikkinchi vaksinani tasdiqladi. Uni bolalarda ham qo‘llash mumkin.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maymun chechagi (mpox) virusiga qarshi yaratilgan ikkinchi vaksinani tasdiqladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi yozdi. Yangi vaksina “LC16m8” deb nomlanadi. U Yaponiyaning “KM Biologics” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, yangi vaksinani nafaqat kattalar, balki bir yoshdan oshgan bolalar ham favqulodda holatlarda qabul qilishi mumkin. Maymun chechakka qarshi 2024 yil sentabr oyida foydalanish uchun ruxsat etilgan ilk vaksinani faqat 18 yoshdan oshganlarda qo‘llash mumkin edi. Ma’lumot uchun, ilk vaksina Daniyaning “Bavarian Nordic A/S” kompaniyasiga tegishli “MVA-BN” deb nomlanadi.
JSSTga ko‘ra, Yaponiya hukumati yangi vaksinadan maymun chechagi epidemiyasi avj olgan Kongo Demokratik Respublikasiga 3 million doza beg‘araz yetkazib berishni reja qilgan.
Eslatib o‘tamiz, sentabrda dunyo bo‘yicha mpox infeksiyasiga chalinish holatlari rekord darajaga yetib, 2763 ta yangi kasallanish holati ro‘yxatga olingan edi. Aniqlangan bemorlarning asosiy qismi Afrika mintaqasi aholisi hissasiga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
17:48 / 01.11.2024
Dunyodagi eng halokatli infeksiya nomi ma’lum bo‘ldi
00:26 / 27.10.2024
JSST mpox bilan kasallanish 22 oy ichida rekord darajaga chiqqanini ma’lum qildi
20:25 / 23.10.2024
Britaniyada norovirusga qarshi dunyodagi birinchi vaksinani sinovdan o‘tkazish boshlandi
23:21 / 05.10.2024