Jahon | 15:46
1173
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya MV 30 dan ortiq Ukraina droni yo‘q qilinganini bildirdi

Rossiya havo hujumiga qarshi mudofaa kuchlari Ukrainaning 34 ta uchuvchisiz uchoqlarini mamlakat hududi uzra tutib oldi, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi. Kursk oblasti gubernatori Ukrainaning ikkita raketasi yo‘q qilinganini aytdi.

Foto: Evgeniy Maloletka/AP Photo/picture alliance

24 noyabr, yakshanbaga o‘tar kechasi Rossiya hududi uzra Ukrainaning 34 ta uchuvchisiz uchog‘i tutib olindi va yo‘q qilindi, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi o‘z Telegram-kanalida. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, havo hujumidan mudofaa kuchlari Kursk oblasti hududida 24 ta dronni yo‘q qilgan, yana to‘rttasi Lipetsk oblastida, ikkitasi Belgorod oblastida va bittasi Orel oblastida urib tushirilgan.

O‘z navbatida, Kursk oblasti gubernatori Aleksey Smirnov mintaqa uzra Ukrainaning ikkita raketasi va 27 ta uchuvchisiz uchog‘i urib tushirilganini aytdi. Rasmiy hududga otilgan raketalar turiga aniqlik kiritmadi. Ayni vaqtda mahalliy Telegram kanallari Kurskdagi kuchli portlash aks etgan videoni chop etdi.

Ukraina Rossiya hujumlariga javoban Rossiyadagi nishonlarga muntazam ravishda hujum qilyapti. Joriy haftada Ukraina AQShning roziligi bilan birinchi marta Rossiya hududiga qarshi uzoq masofali raketalardan foydalandi. Bunga javoban Rossiya Dniprodagi «Yujmash» zavodiga «Oreshnik» gipertovushli raketa hujumini uyushtirdi.

Mavzuga oid