Jamiyat | 08:14
1688
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 7,5 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan paxta sexi aniqlandi

Yashnobod tumanidagi MChJ rahbari paxtani qayta ishlash sexini tarmoqqa noqonuniy ravishda ulab, jami 7,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagan.

Foto: Bosh prokuratura

Energiya resurslarni talon-toroj qilinishini fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda. 

Bosh prokuratura ma’lum qilishicha, Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi “K.I.” MChJ rahbari R.I. paxtani qayta ishlash sexini tarmoqqa noqonuniy ravishda ulab, jami 7,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagan.

Mazkur holat yuzasidan jamiyat rahbariga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘irlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Mavzuga oid