Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Trampni xavfsiz holatda emas deb hisoblamoqda
Rossiya rahbari uning ehtiyotkor bo‘lishiga umid bildirdi.
Foto: AP
Oq uyning saylangan rahbari Donald Tramp yaqinda bo‘lib o‘tgan saylov kampaniyasi chog‘ida o‘z hayotiga suiqasd qilingani tufayli tahdidli vaziyatda, deb hisoblaydi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
«Trampga qarshi madaniyatsiz kurash usullari, jumladan, qotillikka urinish ham bir necha bor qo‘llangani meni hayratda qoldirdi, darvoqe, mening fikrimcha, hozir ham u xavfsiz holatda emas», dedi Putin Ostonadagi KXShT sammiti yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan brifingda.
«Qo‘shma Shtatlar tarixida har xil holatlar bo‘lgan, ammo menimcha, u tajribali odam, u ehtiyotkor bo‘ladi deb umid qilaman», dedi Putin.
Unga ko‘ra, nafaqat Tramp, balki uning oila a’zolari va bolalari ham hujumga uchragan.
«Bizda banditlar unday qilmaydi. Jinoiy guruhlar o‘zaro urushganda, ayollar va bolalarga tegmaydi», dedi Rossiya prezidenti.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
10:23 / 28.05.2025