O‘zbekiston | 11:06 / 02.12.2024
41920
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda hafta davomida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi

O‘zgidromet 2–6 dekabr kunlariga ob-havo prognozini taqdim etdi.

Foto: Kun.uz

2–6 dekabr kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. 

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, faqat Toshkent, Namangan viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida 5 dekabrda asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.

Havo harorati kechalari –3...+2, kunduz kunlari +5...+10, shimolda kechalari –3...–8, kunduz kunlari 0...+5 daraja atrofida bo‘ladi.

Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.

Poytaxtda: 2–6 dekabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat asosan kechalari –1...+1, kunduz kunlari +6...+9 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid