Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shols ikki yarim yil ichida birinchi marta Ukrainaga bordi
Germaniya kansleri Ukrainaning Yevropadagi eng kuchli tarafdori ekanini ta’kidladi va qo‘shimcha harbiy yordamni e’lon qildi.
Foto: DPA
Germaniya kansleri Olaf Shols Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Kiyevga bordi.
Bu Germaniya kanslerining so‘nggi ikki yarim yil ichida Ukrainaga birinchi tashrifidir. Shols oxirgi marta Kiyevga 2022 yil iyun oyida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan birga tashrif buyurgan edi.
Sholsning Ukrainaga joriy tashrifi oldindan e’lon qilinmadi.
Kiyevga yetib borgan kansler Ukraina ming kundan ortiq vaqt davomida «o‘zini Rossiyaning shafqatsiz tajovuzidan qahramonlarcha himoya qilayotganini» aytdi. Uning ta’kidlashicha, Germaniya «Ukrainaning Yevropadagi eng kuchli tarafdori bo‘lib qolmoqda».
«Prezident Zelenskiy bilan uchrashuvda men dekabrda yetkazilishi kerak bo‘lgan 650 million yevro miqdoridagi qo‘shimcha harbiy yordamni e’lon qilaman», dedi Shols.
Germaniya Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Mitko Myuller mamlakat 650 million yevrolik harbiy yordam paketi doirasida Ukrainaga IRIS-T havo mudofaa tizimlari, dronlar va Leopard-1 tanklarini topshirishni rejalashtirganini aytdi.
«IRIS-T tizimlarini biz uzoq muddatli ro‘yxatga kiritdik va ularni bu yil ham yetkazib berishni kutmoqdamiz. Gap yana jangovar texnikalar, xususan, Leopard-1 tanklari, razvedkachi dronlar va zarba beruvchi dronlarning birinchi partiyasi haqida bormoqda», dedi Mudofaa vazirligi vakili brifing chog‘ida.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025