Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Namunalar bo‘yicha qonunlar to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi
Ar-Riyod shahrida Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) tomonidan tashkil etilgan diplomatik konferensiyada Namunalar bo‘yicha qonunlar to‘g‘risidagi shartnoma (Design Law Treaty) loyihasi ko‘rib chiqildi va O‘zbekiston tomonidan imzolandi.
Mamlakat nomidan mazkur xalqaro shartnomani O‘zbekiston elchisi Nodir Turg‘unov imzoladi.
Konferensiyada BIMTga a’zo 193 ta mamlakat ishtirok etdi.
Ushbu xalqaro shartnoma Haaga bitimining Jyeneva akti bilan tartibga solinmagan protsessual qoidalarni o‘z ichiga olib, uning mantiqiy davomi hisoblanadi.
Namunalar bo‘yicha qonunlar to‘g‘risidagi shartnomaga qo‘shilish milliy sanoat namunalarini chet el davlatlarida ro‘yxatdan o‘tkazishni osonlashtiradi. Shuningdek, sanoat namunasini ro‘yxatga olish bo‘yicha qonunchilik hujjatlarini xalqaro standartlarga moslashtirish imkoniyati vujudga keladi.
Mavzuga oid
13:53 / 07.05.2025
BAA dunyoda birinchi bo‘lib qonunlarni yozishda sun’iy intellektdan foydalanmoqchi
17:14 / 19.04.2025
Deputatlar sun’iy intellektda yaratilgan noqonuniy kontent uchun jazoga izoh berdi
20:06 / 14.04.2025
Qonun loyihasiga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati kengaytirildi
12:49 / 31.03.2025