Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misr O‘zbekistonda shakar ishlab chiqarish korxonasini quradi
Mamlakat elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va Misrning "Nayl Shugar" kompaniyasi mutasaddilari o‘rtasida onlayn muzokaralar tashkil etildi.
Bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida Misr kompaniyasi tomonidan Jizzax viloyatida qand lavlagi yetishtirish va shakar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Tomonlar mazkur istiqbolli loyiha yuzasidan investitsiya shartnomasini imzolash maqsadida ushbu hujjat matni, unda ko‘rsatiladigan muhim bandlar va kelishuvlar bo‘yicha fikr almashdilar.
Shartnoma loyihasini tegishli mutaxassislar va huquqshunoslar tomonidan o‘rganib chiqish va yagona kelishuvga erishish maqsadida yaqin kunlarda qo‘shimcha onlayn muzokaralar o‘tkazishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
14:56 / 22.05.2025
Moskva chet elliklarni urushga qanday jalb qilmoqda? Fuqaroligini yo‘qotgan misrlik yollanma askar hikoyasi
15:41 / 19.05.2025
O‘zbekiston-Misr neft-kimyo va energetika sohasida loyihalarni amalga oshiradi
19:47 / 13.05.2025
Misrda 5 nafar o‘zbekistonlik mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzgani uchun ushlandi
02:18 / 10.05.2025