Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Netanyahu korrupsiya bo‘yicha ish yuzasidan sudda ko‘rsatma berishni boshladi
Isroil bosh vaziri barcha ayblovlarni rad etdi va bu jarayonga parallel ravishda u «yettita frontda urush orqali mamlakatni boshqarayotganini» ta’kidladi.
Binyamin Netanyahu sudda birinchi marta korrupsiya, firibgarlik va suiiste’mollikka oid uchta ish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Isroil bosh vaziri 10 dekabr, seshanba kuni Tel-Aviv okrug sudida chiqish qildi.
Netanyahuning ko‘rsatmasi
«Men haqiqatni aytish uchun sakkiz yil kutdim. Menga qarshi yovvoyi va kulgili ayblovlarni rad etish uchun sakkiz yil kutdim, - dedi Netanyahu. - Ammo men bosh vazirman. Men mamlakatni yettita frontda urush orqali boshqaryapman». U barcha ayblovlarni inkor etib, o‘ziga qarshi ochilgan ishlarni «bema’nilik» va «jodugar ovi» deb atadi.
Sud eshituvlari xavfsizlik nuqtayi nazaridan Quddusdan ko‘chirilgan yerosti sud zalida bo‘lib o‘tdi. Ular taxminan to‘rt soat davom etdi. Navbatdagi majlis 11 dekabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Bosh vazir dekabr oyining oxirigacha haftasiga uch marta, kuniga olti soatdan ko‘rsatma beradi. U avval advokatlari tomonidan so‘roq qilinadi, so‘ngra o‘zaro so‘roq o‘tkaziladi. Dpa ma’lumotlariga ko‘ra, ishni ko‘rib chiqish bir necha yilga cho‘zilishi mumkin.
Bayden XJSning Netanyahuni hibsga olishga order berishiga munosabat bildirdi
Xalqaro jinoiy sud Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu va mamlakatning sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olishga order bergani «g‘azablanarli». Bu haqda 21 noyabr kuni AQSh prezidenti Jo Bayden bayonot berdi.
«Xalqaro jinoiy sudning Isroil rahbarlariga nisbatan hibsga olish uchun order bergani g‘oyat g‘ayritabiiydir. Yana bir bor aniq aytib o‘taman: XJS nima demasin, Isroil va Hamas o‘rtasida tenglik yo‘q. Biz tahdidlarga qarshi doimo Isroil bilan birga bo‘lamiz, uning xavfsizligi uchun ishlaymiz», deyiladi Oq uy matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan hujjatda.
Avvalroq AQSh Milliy xavfsizlik kengashi AQSh «(XJS) prokurorining hibsga olishga order berishdagi shoshqaloqligi va bu qarorga olib kelgan muammoli protsessual xatolardan qattiq xavotirda ekani» haqida bayonot tarqatgan edi.
Isroil ham, AQSh ham XJS yurisdiksiyasini tan olmaydi. Sudning o‘z «politsiyasi» bo‘lmagani uchun Rim statutiga a’zo bo‘lgan 124 davlat uning qarorlari ijrosi uchun mas’uldir, deya eslatadi AFP.
Ayni paytda, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel Binyamin Netanyahu va Yoav Galantning XJS orderlariga muvofiq hibsga olinishi majburiy qaror ekanini aytdi. «Bu siyosiy qaror emas va sud qarori hurmat qilinishi va amalga oshirilishi kerak», dedi Borrel 21 noyabr kuni Iordaniyadagi matbuot anjumanida jurnalistlarning izoh berish so‘roviga javoban.
Mavzuga oid
09:51 / 15.05.2025
Mers: Netanyahu XJS orderiga qaramay, Germaniyaga tashrif buyurishi mumkin
22:07 / 13.05.2025
Isroil tez orada G‘azoga «to‘liq kuch bilan» kiradi – Netanyahu
09:05 / 09.04.2025
Tramp Oq uyda matbuot ko‘z o‘ngida Netanyahuni tahqirladi - Isroil OAV
11:03 / 05.04.2025